“Qoraqalpoq adabiyoti kunlari” davom etmoqda…

Date:

Erka bolaning injiqliklari, nayranglari qanday bo‘ladi? Bu yo‘ldagi sarguzashtlar esa qaltis vaziyatlarga, kulguli holatlarga boy bo‘lishi aniq. Shu bilan birga bu holat kattalarni biroz tashvishga solmay qolmaydi. Termiz shahridagi Barkamol avlod bolalar maktabida “Qoraqalpoq adabiyoti kunlari” doirasida Qaraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri ijodkorlari tomonidan “Erkatoyning nayranglari” nomli spektakli namoyish etildi. Tomoshaga kelganlar yuqoridagi savolga javob oldilar. Erkatoyning sarguzashtlariga guvoh bo‘lishar ekan miriqib dam olishdi, yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi.

To‘g‘ri, bolaning sho‘x bo‘lgani yaxshi, ammo me’yor buzilsa, sho‘xlik ortiqcha dahmazalarga sabab bo‘lishi mumkin. Yosh tomoshabinlar spektakl davomida ayni shu haqiqat bilan yuzlashdilar. Yengil kulgu, estetik zavq bergan tomosha yoshlarda turli savollar uyg‘otishi, o‘ylashga, mushohada qilishga chorlashi aniq. ushbu spektakl bolalarni aslida qanday bo‘lishga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga ham o‘rgatadi.
Mas’ullar tomonidan teatr jamoasi bilan hamkorlikda olib borilgan ushbu ezgu ishlarni kelgusida ham davom ettirishga kelishib olindi. Tadbir so‘nggida Qaraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasiga Termiz shahar hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va tashakkurnomasi topshirildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...
KunTun
KunTun