“Tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi”

Date:

Xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek, Davlat rahbarining komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “Insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi. Kiritilgan o‘zgartish “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan va milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi. Qolaversa, amaldagi konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

Bir so‘z bilan aytganda Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatdagi har bir fuqaroning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanadi. Joylarda esa bu borada tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari qizg‘in tus olgan.

Termiz tuman hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat prokurori Sadriddin Turdiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayev hamda tuman hokimi Shuxratjon Urinov ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun