Velosportchimiz muvaffaqiyat qozondi

Date:

Malayziyada bo‘lib o‘tgan ASEAN Track Series–2026 xalqaro musobaqasi O‘zbekiston velosporti uchun muhim yutuq bilan yakunlandi. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Surxondaryo viloyati vakili Sergey Rostovsev trekda velosportning Olimpiya dasturiga kiritilgan “Omnium” yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida Sergey Rostovsev yuqori sport mahorati, chidamliligi va puxta taktik tayyorgarligini namoyon etib, kuchli raqiblarni ortda qoldirdi hamda birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu g‘alaba mavsum boshida o‘zbek velosporti uchun muhim natija bo‘lib, milliy terma jamoaning xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor oshirdi.

Qayd etish joizki, erishilgan ushbu natija sportchining bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi hamda Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenziya ochkolarini jamg‘arishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun