Imtihonlar elektron formatda

Date:

1-yanvardan boshlab Rossiyada migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi hamda qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlar elektron formatda o‘tkaziladi. Ushbu yangilik imtihon jarayonini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish va ishtirokchilar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.

Elektron format imtihon topshiruvchilarga vaqtni tejash imkonini beradi: hujjatlar bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchilik kamayadi, natijalar esa tezroq e’lon qilinadi. Shuningdek, testlar yagona elektron tizim orqali o‘tkazilishi inson omili ta’sirini kamaytirib, baholashning adolatli va aniq bo‘lishini ta’minlaydi.

Yana bir muhim jihat —eElektron imtihonlar zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgani sababli, savollar tushunarli shaklda taqdim etiladi, topshiriqlarni bajarish esa osonlashadi. Bu, ayniqsa, Rossiyada ishlash yoki yashashni rejalashtirayotgan migrantlar uchun moslashuv jarayonini yengillashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun