Manija Qudratova ham odam savdosiga qarshi…

Date:

Haqiqatan ham talabalik oltin davr. O‘qib-o‘rganadigan, tinimsiz harakat qiladigan, izlanishlar davri. Universitetda, umuman respublikamizda e’lon qilinadigan tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar-u kechalar yoshlarning ishtiroki bilan, g‘oyalari, o‘ziga xos chiqishlari bilan qiziq va maroqli. Joriy o‘quv yilida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, albatta, surxondaryolik talaba-yoshlar ham respublika bosqichiga ishtirok etib faollik ko‘rsatishgani e’tirof etarli.
“Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishi bo‘yicha Termiz davlat universiteti talabasi Manija Qudratova ham bor. Uning mavzuga oid maqolasi 3-o‘ringa munosib ko‘rildi va 1 million 500 ming miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi. Albatta, bunday ko‘rik-tanlovlar va munosib rag‘bat yoshlarga motivatsiya beradi. Kelgusida yanada katta maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yib odimlashiga kuch va ishonch bahsh etadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun