Maktab o‘quvchilari endi kasbga o‘qitiladi

Date:

Maktabni tamomlagan yosh kasb-hunar maktablari va texnikumlarga, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish orqali hayotlaridagi muhim qadamni tashlashadi. Bordi-yu o‘qishga kira olmasachi? To‘g‘ri, keyingi yil uchun yana tayyorgarlikni boshlashlari ham mumkin. Ammo, ishsizlik, bo‘sh vaqt masalasi o‘rtaga tashlanadi. Maktab ta’limidan so‘ng hech qanday mutaxassislikka ega emas yoshni kim ham ishga olardi, degan haqli fikr tug‘ilishi aniq.

Ayni shu masalani inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”dagi Farmoni, “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbularga muvofiq o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha yagona elektron platforma yaratiladi hamda har bir 5-11-sinf o‘quvchisi uchun elektron “Ish daftari” joriy etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ular maktab dasturiga qo‘shimcha tarzda kasbga yo‘naltiriladi va o‘qitiladi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab 9-11-sinflarda, 2023-2024-o‘quv yilidan esa 11-sinf o‘quvchilarida tashkil etiladi. Ana shundagina yoshlarda ishsizlik kayfiyati kuzatilmaydi. O‘qishga kira olmadimi, layoqatidan kelib chiqib o‘rgangan hunarining boshini tutib, hunarmandchilik yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu esa bekor yurgandan ming chandon afzal.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun