Mevani bilmagan qizaloq

Date:

Qizini maktabga berishmoqchi bo‘lishdi.  Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini  tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.

— Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi  ruhshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo‘ydi, — Olma, nok, apelsin, shaftoli. Bir so‘z bilan ular nima deb ataladi?

Qizaloq gapirmay ko‘zlarini yerga tikdi.

— Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so‘z bilan nima deyiladi?

— Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?

— Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib,

— Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhshunos onaga, — Bir yilcha kuting, shug‘ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.

Ona qiziga ajablanib qaradi:

— Qizalog‘im, shularni bir so‘z bilan aytilishini nahotki bilmasang? — Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun