Ikki hissagacha haq to‘lanadi

Date:

Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi. Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi.

Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi. Qonunchilikka Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:

ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek, ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;

zaxira qilinadigan mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun