Xalqaro ekspert Boysunda

Date:

Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi innovatsiyalar bo‘yicha menejeri, qisqa muddatli ekspert Sebastyan Xeld Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida u GIZ loyihasi asosida viloyat miqyosida hamkor sifatida tanlangan Boysun tuman 1-son politexnikumi hamda tekstil sohasida faoliyat yuritayotgan “Feruza hunarmand” va “Shaxrinaz Dreams” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — loyiha doirasida mahalliy hamkor korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, ekspert Sebastyan Xeld tomonidan ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar uchun amaliyot va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy hunarmandchilik va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, shuningdek, milliy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun