Gandbolchilarimiz Rossiyadan quruq qo‘l bilan qaytishmadi

Date:

Yurtimizda qo‘l to‘pi sport o‘yiniga qaratilgan e’tibor diqqatga sazovor, albatta. Yosh gandbolchilarning mahorat va tajribasini oshirish, bu yo‘lda shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston gandbol federatsiyasi tomonidan ibratli ishlar amalga oshirilayotir. Ushbu sport turiga qiziqqan borki, qo‘llab-quvvatlanyapti, iqtidori to‘g‘ri yo‘naltirilyapti. Ayniqsa, gandbolchi jamoalarning xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtiroki ham, natijalar ham maqtashga arzigulik.

Ana shunday musobaqalardan biri Rossiyaning Tolyatti shahrida an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan “Xalqaro bolalar gandbol festivali”dir. Bu yilgi ishtirok va natijalar ham oldingilaridan qolishmadi.
To‘rt yosh (2007-2008, 2009, 2010, 2011 va undan kichik) toifasida tashkil etilgan XX xalqaro festivalda O‘zbekistondan 9 ta jamoa ishtirok etdi va g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuv qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Tan olish kerak, har bir ishtirokchi jamoa vakillari puxta tayyorgarlik bilan kelgan. Ishtirokchilarning epchilligi, harakatlari diqqatga sazovor. O‘zgarish va tajriba almashish uchun ham katta maktab vazifasini o‘tagan musobaqada o‘zbekistonlik gandbolchilar ham bo‘sh kelmadi. Demak, ravshanki, o‘zbek gandbolining kelajagi ishonchli qo‘llarda va natijalar o‘zini oqlaydi.

Festivalda 186 ta jamoa musobaqalashib, o‘zbekistonlik 9 ta jamoadan 6 tasi shohsupadan joy olgani quvonchli hodisa bo‘ldi. G‘oliblar orasida Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Namangan viloyatlaridan ishtirok etgan jamoalar bilan birga Surxondaryoning gandbolchi jamoasi ham bor.
Bu gandboldagi e’tirof etarli yutuq bo‘lsa, nufuzli festival uchrashuvlarini boshqarishda o‘zbekistonlik hakamlarning-da jalb etilgani yurtimizning gandbol mutaxassislariga bildirilgan yuksak ishonchni bildiradi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun