“Kuchlilar va iqtidorlilar o‘z mahoratlarini namoyish qilishayapti”

Date:

 Termiz shahridagi Sanʼat saroyi hududida Surxondaryo viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival jarayonlarida yoshlarning hamjihatligi, uyushqoqligi o‘z isbotini topayapti.

Festival doirasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”da 70 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqalari, qo‘shiqchilik va she’rxonlikka doir iqtidorlarini sinab ko‘rishdi. Аyniqsa sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarning chiqishlari yig‘ilganlarning eʼtiborini tordi. G‘oliblarga yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining estalik sovg‘alari berildi

 Har bir tadbirda shubhasiz ishtirokchilarni ham, tomoshobinlarni ham diqqat eʼtiborini jalb etadigani bu sport musobaqalaridir. Festival doirasida o‘tkazilgan milliy o‘yinlar musobaqasida viloyatimizning barcha tumanlari va Termiz shahri jamoalari faol ishtirok etishmoqda. Ikki kun mobaynida o‘tkazilishi rejalashtirilgan milliy o‘yinlar musobaqasining dastlabkilari qiziqarli o‘tdi. “Qarab tep” bahslarida viloyatimizning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan chaqqon sportchilar orasida oltinsoylik Аsror Tog֥‘aev tengdoshlaridan har jihatdan epchilligini ko‘rsatdi. Belgilangan vaqtda u lankani yerga tushirmay 33 marta tepishga muvaffaq bo‘ldi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

 Termiz tumani vakili Аsliddin Nishonov lankani 28 marta yerga tushirmay tepishga ulgurdi. Stol tennisi musobaqalarida ham yoshlarning abjirligi namoyon bo‘ldi. Boysun tumanidan kelgan Shahzod Xolmamatov stol tennisi qoidalariga asosan eng yaxshi tennischi, deb eʼtirof etildi. Tosh ko‘tarish bahslarida Termiz tumani pahlavon yigiti Olim Pirimqulov 16 kilogramm vazndagi toshni 49 marta ko‘tarishga erishdi. Bu harakati Olimni mutloq g‘oliblikka aylantirdi. Kamondan o‘q otish bahslarida Termiz tumani vakili Himoyiddin Komiliov belgilangan nishonni aniq o‘qqa tutishda peshqadam bo‘ldi.

Termiz shahridagi baxshichilik sanʼati maktabida viloyatimizning bolalar musiqa va sanʼat maktablarining baxshichilik to‘garaklari aʼzolari hamda barcha tumanlardan kelgan havaskor baxshilar o‘rtasida do‘mbira chertish, terma aytish va dostonlardan parcha kuylash bo‘yicha bellashuvlari davom etmoqda. Tanlov g‘oliblariga 3,2,1 million so‘mlik vaucherlar topshiriladi.

          Belgilangan ish rejasiga ko‘ra, festival doirasidagi tadbirlar kech soat 20:00 gacha davom etadi. Shu vaqt orasida 16-30 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi va “Janub zukkolari” telebellashuvi bo‘lib o‘tadi.

Usmonali Normatov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun