8 nafar yosh ish bilan band

Date:

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangi loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, M-39 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘li bo‘ylab zamonaviy servis va texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda. Shu maqsadda tumanning Kattaqum mahallasi hududida yangi tadbirkorlik subyekti — “Angor texko‘rik” MCHJ tantanali ravishda ishga tushirildi.

Tadbirda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Yangi korxona zamonaviy texnologiyalar asosida avtomashinalarni diagnostika qilish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, gaz ballon uskunalarini o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatadi.

— Korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 8 nafar yosh mutaxassis uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kelgusida xizmat turlarini kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan, — deydi “Angor texko‘rik” MCHJ direktori Bahriddin Choriyev.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun osh dasturxoni yozilib, yangi obyekt faoliyati barakali bo‘lishi tilab duo qilindi. Mazkur loyiha tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tartib oʻzgardi

Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati qoidalarini buzilishini aniqlash va rasmiylashtirish...

“Janub qalqonlari”: vatanparvarlik kuchaymoqda

Surxondaryo viloyatida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yuqori...

Ustozga munosib e’tirof

Termiz tumanidagi 17-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahlo Rayimova...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Sariosiyo tumani delegatsiyasining Tojikistonga tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun