ONA VA OʻGʻIL

Date:

Ishxonasidan uzoq vaqt ta’til ololmay, qishlogʻiga — uyiga borolmagan oʻgʻil qoʻli yupqaroq boʻlib turgan esa-da, onasiga momiq roʻmol va jun paypoq sotib oldi. Otasi yorugʻ dunyoni tark etgach, yolgʻizlanib, qaddi bukilib qolgan volidasini mamnun qilgisi keldi.

Aslida bittagina roʻmolcha bersa ham onasi dunyoga sigʻmay ketar, oʻgʻilni uzoq duo qilardi.Bu safar ham shunday boʻldi. Darvozadan kirib kelgan oʻgʻilni bagʻriga bosib, peshonasidan oʻpgan onaning kiyimidan qadrdon is — tandir-oʻchoq tutuni hidi keldi. Oʻgʻil suyungan holda onasi boshiga roʻmol oʻragan edi, volidaning koʻzidan yosh sizib chiqdi. Yorilib ketgan, serajin qoʻlini ochib, oʻgʻlini alqadi.

Oʻgʻil ketar chogʻi oʻz bolaligi oʻtgan xonadagi koʻrpacha tagiga ozroq pul qoʻyib qoʻydi… Onam qiynalib qolmasin, pulga muhtoj boʻlmasin, qoʻliga bersam olmaydi, ketganimdan soʻng koʻrpa-yostiqni yigʻishtirayotganida koʻrar, dedi.

Yoʻlda kela-kelguncha otasini, onasini, oʻz bolaligi kechgan chogʻlarni xayol surib keldi.

Tunda xorib ijara uyga kirib keldi. Yoʻl sumkasini boʻshatayotgan edi, kiyimlari orasidan bir hovuch yirik-mayda, eski-yangi pullar sirgʻalib tushdi….

Onasi, bolam tushmagurning qoʻliga bersam, baribir olmaydi, hayhotdek shaharda, ijara uyda och-nahor yurmasin, deb anchadan beri pensiyasidan tejab yigʻib yurgan pulini solib qoʻygan edi…

Jasur Kengboyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mualliflik huquqi tiklandi

Adliya vazirligi amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese...

Ta’lim o‘yinga asoslansa…

Angor tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan...

Harbiy xizmatdan hayot maktabigacha…

Muzrabot tumanida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning bandligini...

Xushyorlik — davr talabi

Sherobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda...
KunTun
KunTun