Xizmatlar sifati oshmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida og‘ir toifaga kiruvchi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Kakaydi” va “Neftchilar” mahallalarida ham belgilangan topshiriqlar asosida yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini barqarorlashtirish, ichimlik va oqava suvi tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, aholi dam olishi uchun qulay joylar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallalarga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, nuroniylar va faollar bilan muloqot qildi.Uchrashuvda aholi muammolariga yechim bo‘ladigan loyihalarni amalga oshirish, saylgohlar barpo etish, yo‘llarni ta’mirlash va kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun