Surxonboshiliklar “azobi” aridi

Date:

Yo‘l azobi, go‘r azobi, deya bejiz aytilmagan. Yursang, loyga yugursang, tosha surunadigan, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan yillar davomida foydalanib  kelayotganlar bu gapning mag‘zini darrovgina chaqishadi.

Darhaqiqat, yo‘ling ravon bo‘lsa, ishingda ham unum, joningda ham rohat bo‘ladi.

Surxonboshiliklarni ham yo‘l muammosi bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan edi. Ammo ular davlatdan ko‘mak kutib o‘tirmadi. Mutasaddilarning eshigini qoqib, ularni ham bezota qilib  o‘tirishni o‘zlariga ep ko‘rmadi, shekilli, “Ochiq byudjet”ga loyiha yo‘llashdi. Birlashgan o‘zar, deya ish boshlagan, elning savobini olay degan tashabbuskorlar, targ’ibot-tashviqoti natijasida ularning loyihasi g’olib deb topilib, allaqachon ishlar ham boshlab yuborilgani dilni yayratadi.

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali  gʻolib boʻlgan Uzun tuman “Mehnat” mahallasi Surxonboshi qishlogʻining ichki yoʻllari asfalt qilinmoqda. Shuningdek, xuddi shu kabi loyihasi bilan g’oliblikni qo‘lga kiritgan tumanning “Ittifoq” mahallasidagi Mustaqillik koʻchasida ham asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun