“Kibersport”da boysunliklar ilg‘or

Date:

Sport insonni ham jismonan, ham aqlan chiniqtiradi. Tan sihatligi ham, ongdagi tiniq va teran fikrlar ham bevosita sport bilan muntazam shug‘ullanib turishning naqadar foydali ekanini anglatadi. Shuning uchun ham bugun yoshu qari birdek sportga e’tibor qaratmoqda. Qolaversa, sport turlari soni ham kundan kunga ortib borayapti.

Jumladan, yaqin yillar ichida yurtimizga kirib kelgan va O‘zbekistonda sport turi sifatida rasman tan olingan sport turlaridan biri bu “Kibersport”dir.

 “Kibersport” nima va u qay tarzda o‘ynaladi? Ko‘pchilikka notanish bo‘lgan, ammo qiziq tuyuluvchi ushbu sport turi “CuberSport” yoki “eSports” deb ham ataladi. Bu video o‘yinlarga asoslangan jamoaviy yoki individual musobaqa.

     Barcha sport turlari kabi bu o‘yinda ham qoidalar mavjud. O‘yin vazifalari va rivojlantirishga qaratilgan ajralib turadigan bir necha asosiy sinflarga bo‘linadi: birinchi shaxs, real vaqt strategiyalari, sport simulyatorlari, avtoulov simulyatorlari, havo simulyatorlari, jangovar o‘yinlar, taktik va strategik o‘yinlar elementlari bilan jamoaviy rol o‘ynash o‘yinlari va boshqalar.

Ushbu sport turi vohamizda ham anchayin ommalashib bormoqda. Hatto bir qancha musobaqalar ham o‘tkazilib kelinayotgani fikrimiz dalilidir.

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat IT Markaz bilan hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida  “Kibersport” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Boysunning “Killers” jamoasi g‘olib deb topildi. Ularga pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, g‘oliblar endilikda tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun