“Uzoq ota” ikki savobli ishga guvoh

Date:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har qachon qo‘llab-quvvatlaydigan davlatda yashayapmizki, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning ko‘ngliga quvonch olib kirish, ustiga ustak el duosini olish maqsaddida ham mana shundayin ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining shodiyona kunlari mutasaddilar ko‘magi bilan o‘tkazib berilishi ham an’ana tusini oldi, desak xato bo‘lmas. 

Jarqo‘rg‘on tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Haydarovning tashabbusi bilan kuni kecha ijtimoiy himoyaga muhtoj “chin yetim” bo‘lgan ikki yoshning “Nikoh to‘yi” hamda  boquvchisini yo‘qotgan, “Ayollar daftari”da turuvchi Nilufar Allamurodovaning ikki nafar farzandlariga homiylar jalb qilinib, tumanning “Hayitobod” MFY markazida joylashgan “Uzoq ota” to‘yxonasida sunnat to‘y tadbiri o‘tkazib berildi.

O‘tkazilgan tadbirda, tumanning bir qator nuroniy-oqsoqollari va boshqa tashkilot rahbarlari taklif etilib, mehmonlarga dasturxon yozildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun