Jarimaga tortildi

Date:

G‘alla yig‘im-terim ishlari boshlanishi bilan fermer-u dehqonga ish ko‘payadi. Belgilangan rejani topshirgach esa yerni keyingi ekin ekish ishlariga tayyorlash kerak. Yer tilini biladigan, ona tabiatga zarar yetkazmaslikni o‘ylagan ishiga vijdonan yondashar, ammo ishi bitishini bilib, g‘alladan qolgan somon poyalaridan tezda qutilishni maqsad qilganlar esa yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan har qancha ogohlantirilganiga qaramay holatni takrorlashdan to‘xtamaydilar. Xuddi shunday Qumqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan dalalarda somon poya qoldiqlarining yoqib yuborilishi bo‘yicha 8 ta holat aniqlandi. Bu yuzasidan birlamchi xujjatlar rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Zora, qo‘llanilgan jazo ularning o‘z xatolarini tushunib yetishlari uchun munosib chora bo‘la olsa… axir, bu atrof-muhit, ekologiya uchun zarar. Somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga juda ko‘p miqdorda (toksik) zaharli moddalar chiqadi. Bordi-yu, somon poyalari va ularning qoldiqlari orasida polietilen (plyonka) qoldiqlari mavjud bo‘lsa, bundan-da (toksik) zaharliroq moddalar hosil bo‘ladi. Qolaversa, somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligining keskin pasayishi, tuproq strukturasining buzilishi hamda yong‘in natijasida yuqori harorat tufayli makro va mikro elementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayishi kuzatiladi.
Shunday ekan, ona tabiatni va tuprog‘imizni asraylik.

Sohibjamol Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun