“Hadichamiz halolladi”

Date:

Ayol chiroyda tengsiz, mehr-muhabbatda chegarasiz, sadoqat va vafoda ham unga tenglashadigani topilmasa kerak. Ayniqsa, ayolning oila tutumida, farzand tarbiyasida tutgan o‘rni beqiyos. Biroq ayollarga bu kabi tarifu-tasniflar ham kamlik qiladi. Ular bugun jamiyatning turli sohalarida er-yigitlar barobarida xizmat qilib yuzi yorug‘.

Sportda ham mahoratli ayollar soni kun sayin ortib borayotganini statistika ro‘yi-rost dalillaydi.

Jarqo‘rg‘onlik Hadichabonu esa ana shu fikrlarni o‘zining sportdagi g‘alabalari bilan mustahkamlab kelayotgan umidli qizlarimizdan.

Joriy yilning 28-maydan 2- iyungacha boks boʻyicha 2008-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmir qizlar oʻrtasida Samarqand viloyatida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, 61 kilogramm vazn toifasida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan Jarqoʻrgʻon Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi aʼzosi Hadichabonu Bekova ham suhbu musobaqada halol g‘alabaga erishi. Bu uning ikkinchi marotaba Oʻzbekiston chempioni degan nomga sazovor boʻlishi edi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun