Poyabzal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Date:

Kimdir ishni ko‘zini biladi, kimdir ishning o‘zini. Qani aytingchi, qaysi biri ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi? Sizning fikringizni biladimu, ammo ishning ko‘zini bilish foydali ekanini Jasur Azizov isbotlab berdi. U umrini bir necha yilini sovurib Rossiya Federatsiyasiga ishlab keladi. Qanday bo‘lmasin, oila byudjetiga naf keltirishi kerak-ku. Ammo, akasi Baxtiyor poyabzal tikishni o‘rgansa ham uyda hech bir ishning boshini tutmaydi. Balki mablag‘, balki uni sotish xayoli ish boshlashga halal bergandir. Yoki jur’ati yetmagan. Rossiyadan qaytgan Jasur akasini yoniga oldi-da, maslahat soldi. Poyabzal ishlab chiqarishni unga ham o‘rgatishini, ikkovlon shu biznesning boshini tutishni taklif etdi. Ishlab jamg‘arganini ham o‘rtaga tashladi. 50 million so‘m mablag‘ga pech, muzlatkich olishdi. Xomashyo va tikish, yopishtirish uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni ham xarid qilishdi. “Barodaron” MCHJ ochishdi. Shu-shu ular erkaklar, bolalar uchun oyoq kiyimlar ishlab chiqara boshlashdi. Ularning mehnati, peshona terisi ila yasalgan tuflilar, krosovka, makas-u basanoshkalar mahalla-ko‘ydagilardan ortmaydi.
— Poyabzallarimz to‘liq qo‘l mehnati bilan tayyorlanadi. Bir kunda ikkovlon 4-5 juft poyabzal tikib tayyorlay olamiz. Bu bir oyda 150 juft degani, — deydi J.Azizov.
2021-2022i yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga asosan tumanda poyafzal ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida “Barodaron” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisobidan “Fursat” davlat media-loyihasi asosida 750 million so‘m imtiyozli kredit ajratilib, yillik quvvati 10 ming juftga teng poyafzal mahsuloti ishlab chiqarishga ega loyiha o‘z ishini davom ettirayotir.
Bugungi kunda korxonada 15 turdan ortiq bolalar va kattalar uchun poyafzal mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Sayyora Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun