Bor mehrimiz senga, bolajon!

Date:

Savob ishni har kim, har kuni qilmog‘i darkor. Ayniqsa, bu ish o‘zgalar hayotini asrab qolishga xizmat qilsa, ikkinchi hayotni tuhfa etsa, nur ustiga nur. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi savob ishlarga bosh qo‘shishni maqsad qildi. Ayni ularning tashabbusi bilan viloyat qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etib, donorlik qildilar.


Xirurgik jarayonlarda (yurakda va tayanch-harakat organlari jarrohliklarida), a’zoni ko‘chirib o‘tkazishda, onkologik kasalliklarda, gematologik xastaliklarda (leykoz, og‘ir darajali kamqonlik), patologik tug‘ruq jarayonlarida – ona va bolani saqlab qolish maqsadida, baxtsiz (avariya, yong‘in va boshqa) holatlarda donorlik asosidagi qondan foydalaniladi.
Donorlik nafaqat qon oluvchi, balki qon beruvchining salomatligi uchun ham foydali. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra donorlar boshqalarga qaraganda 5 yil ko‘proq umr kechiradi. Doimiy ravishda qon va uning komponentlarini topshirish hujayralarning tabiiy yangilanishiga va organizm yosharishiga olib keladi. Ya’ni qon topshirgandan so‘ng yangilanish kerakligi haqida signal tushadi. Bunday yangilanish yurak, qon tomir tizimi kasalliklari, ateroskleroz, podagra, ovqat hazm qilish, oshqozon osti bezi, jigar va asosiy modda almashinuvi faoliyatlari buzilishining oldini olishda foydali hisoblanadi. Immun tizimi kasalliklarining oldini olishda ham doimiy ravishda qon topshirish foydalidir, chunki u ham organizmning umumiy yangilanishi bilan bog‘liq.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun