“Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushiriladi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy qilish orqali ularni raqamlashtirish, natijada aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada kuchaytirish va bir qator sohalar vakillari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotir. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar amalga oshirilishining tizimliligi va izchilligini ta’minlash, advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqish zarurati mavjud.

Sohadagi mazkur ehtiyojlardan kelib chiqib, 2022-yil 30-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor vazifalari, kelgusidagi sohaning rivojlanish yo‘nalishlari hamda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning mexanizmlari ko‘zda tutildi.

Qarorda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash maqsadida advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvni samarali yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi. Shu bilan birga advokatura faoliyati uchun zarur axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni shakllantirish hamda ularda saqlanadigan ma’lumotlarning kompleks himoya qilinishi va maxfiyligini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilandi.

2023-yilning 1-yanvaridan boshlab, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi qaror va tegishli hujjatlar “Litsenziya” axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va advokatlarning elektron reeyestriga kiritiladi, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga advokatlik litsenziyasini olish uchun tegishli adliya organiga murojaat qilmasdan istalgan vaqtda “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan holatlar axborot tizimida avtomatik ravishda qayd etib borilishi joriy etiladi.

Shuningdek, advokatlarning mustaqilligini ta’minlash maqsadida advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlarini adliya organining muhri bilan tasdiqlash, “ro‘yxatdan o‘tkazilgan” belgisini qo‘yish amaliyoti bekor qilinib, ularga elektron QR-kod va identifikatsiya raqamlarini berish tartibi joriy etiladi.

Sohada advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kompozit xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi va advokatlik tuzilmasi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda bir xil yoki o‘xshash nomlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumot onlayn tarzda olish joriy etiladi.

Qolaversa, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ham ishga tushiriladi. Mazkur tizimda advokatlar elektron reeyestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi va shu orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Prezidentimizning ushbu qarori bilan advokatura sohasida ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar va qulayliklar eng avvalo inson qadrini ulug‘lash, uning himoyalanish huquqini sifatli va samarali ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Bekzod Shametov,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun