Turizm qishlog‘ida…

Date:

O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, betakror me’morchilik san’ati bilan turistik mamlakatga aylangan. Samarqand, Buxoro, Xiva-yu Termiz kabi tarixiy shaharlari bilan bir qatorda Boysun tumani ham YUNESKO tomonidan turizm shahri deb e’tirof etilgani ko‘pchilikka sir emas.

Boysun tumani “Inkobod” mahallasi Omonxona qishlog‘ini turizm qishlog‘i deb e’tirof qilinganligi sababli viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘rayev tomonidan qishloq hududiga borib, mehmonxona va mehmon uylari xizmati bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Qishloq hududida kelajakda mehmonlar tashrifi uchun qo‘shimcha ravishda qurilishi mo‘ljallanayotgan xizmatlar va servis sohasidagi loyihalar bilan dastlabki tanishuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, Boysun tumani “Bibishirin” mahallasidagi kichik teatr, muzey, hunarmandlar markazi va mehmonxona qurilishi bilan bog‘liq joylar tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida o‘rganib chiqilib, “Turizm makoni” doirasidagi vazifalar belgilab olindi.

Albatta, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida qo‘yilgan sarmoya o‘z natijasini bermasdan qolmaydi. Ishonamizki, sa’y-harakatlar natijasida Boysun tumani ham kelajakda jahonda tan olingan turistik maskanning biriga aylanadi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun