“G‘oz”da 15 kishi ishli bo‘ldi

Date:

Respublikamizda bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bu borada dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir. Shu asosda viloyat hokimining mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Sherobod tumani “Chorbog‘” mahallasi “G‘oz” qishlog‘ida tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikda yengil konstruktsiyali sendvich panelli 90 o‘ringa mo‘ljallangan, yangi, hozirgi zamon talablariga javob beradigan 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tumanning eng chekka qishlog‘idagi ushbu MTTning tantanali ochilish marosimi qishloq ahliga bir olam quvonch ulashdi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurgan borki, bolajonlar uchun yaratilgan barcha zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy mebellar, o‘yinchoqlar, bolalar uchun maxsus mo‘jaz kutubxona, o‘yin maydonchalari, ko‘rkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatiga shay.
Muassasaga “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi band bo‘lmagan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj 15 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun