Gulbahorning tarvuzlari Qozog‘istonga eksport qilinmoqda

Date:

“Gulbahor” mahallasi Termiz tumani markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla ahli asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Ayniqsa, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida o‘z yer maydonlaridan unumli foydalanib kelishayotgan mahalla ahlining tarvuz yetishtirishda ham o‘z muvaffaqiyat sirlari bor. Sababi, ayni ular yetishtirgan tarvuzlar respublikamizda birinchilardan bo‘lib bozor rastalaridan joy olib, xalqni bu ne’matdan bahramand qilgani siz-u bizga yaxshi ayon.
Mahalliy bozorlarni poliz mahsulotlari bilan ta’minlagan gulbahorlik mirishkor dehqonlar endilikda tarvuzni Qozog‘iston davlatiga eksport qilib, daromad ko‘rishayotir.
— Tarvuz yetishtirishning ham o‘z sir-u sinoati bo‘ladi– deydi gulbahorlik mirishkor Bobonazar Aliyev. — Buni uzoq yillik tajribam damomida sinab ko‘rganman. Mart oyining boshida tarvuzning ertapishar “Dolbi”navi ko‘chatlarini o‘tkazgan bo‘lsak, shu paytga qadar ikkinchi bor hosil yig‘ib, bozorga olib chiqdik. Mehnatimiz yerda qolmadi. 50 sotih yer maydonidan 35 million so‘m daromad oldim. Ishimiz unumini ko‘rgan yoshlar shogird tushib, munosib izdosh bo‘lish istagida etagimizdan mahkam tutgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun