Ommaning e’tibori “bo‘lka”da

Date:

Internetda hammaning og‘zida bir gap: “Baxanka”ning narxi oshibdi”. “Bo‘lka non”ning narxi bilan hisoblashib qolgan jamiyatning mazkur nonning avvalgi narxi bilan qiziqmagani ham bor gap. Hamma qaynagan qozonda pishishni afzal bilgan avomning qiyofasi ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi gohi. Eh-he… Gapirsak gap ko‘p, oylik oshdi, hali oshgan oylikni olmasingizdan narx ham yuqoriladi. Aslida-ku narxni bozor belgilaydi. Uni davlat belgilab bergan emas. Vijdon hamyonga aylangan ayrimlarning “ezgu ishi” bu. Dollarning “o‘ynashi” bilan hisoblashadigan qurutchilar hangomasidan o‘zga narsa emas.

Shu bois bozorlarda narxning sun’iy oshirilishiga qarshi chora-tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Sherobod tumani prokurori B.Yunusov, tuman iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i O‘.Jabborov hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda tumandagi Dehqon (oziq-ovqat) bozoridagi asosiy oziq-ovqat, un, moy va qolipli non mahsulotlari narxlari bilan tanishdi.

Shuningdek, un mahsulotlari savdosi va qolipli non ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi, ularga birja savdolariga qatnashish va un mahsulotlarini sotib olish masalalarida huquqiy maslahatlar berildi.

X.Karshiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun