4 ta ariza bekor qilindi

Date:

Ajrim so‘zini eshitgan borki, bir seskanib ketadi. Oilaviy nizolar, o‘zaro kelishmovchiliklar-u uchinchi kishining aralashuvi ajrim bilan yakunlanishi yomon. Zarar ko‘radiganlar esa tirik yetimga aylanadigan o‘g‘il-qizlar.
Aslida esa hal etib bo‘lmaydigan muammo va masalaning o‘zi yo‘q. Holat o‘rganilib, tushunmovchiliklarga oydinlik kiritilsa, bari ochiqlanadi. Ko‘ngildagi gina-yu arazlar, nafrat va adovat chekinadi. Ulug‘lar aytganidek, “er-xotinning urushi, doka-ro‘molning qurishi”gacha…

Denov tumanidagi “Ayollar reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi”da tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar doka-ro‘molni quritmay qolmadi. Denov tumanlararo sudiga nikohni bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat olib borildi. Ulug‘lar nasihati, mutaxassislar maslahati bilan 4 ta oila murosa yo‘lini tanladi. Arizalar qaytarib olinib, yorug‘ yuz bilan qaytgan oilalar ko‘zidagi quvonch va hotirjamlik tuyg‘usini so‘z bilan ifodalash mushkul.
Aytish kerakki, oilalar mustahkam bo‘lishi uchun xotin-qizlarning huquqini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash maqsadida tumandagi hamkor tashkilotlar ishtirokida oilalarda huquqiy targ‘ibot suhbatlari olib borilayotir.

Sohibjamol Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun