Sog‘lomlashtirish maydonchalari

Date:

O‘quv yili bo‘yi ta’lim-tarbiya olish bilan band bo‘lgan yoshlarning munosib hordiq chiqarishlariga fursat yetdi. Yozgi ta’tilning ilk kunlaridan kimdir qishloqqa yaqin qarindoshlarining uyiga oshiqsa, kimdir oromgohga shoshadi. Ammo, yashash manzillarimizda, jonajon maktabimiz qoshida ham ko‘ngildagidek dam olish uchun shart-sharoit yaratilgan bo‘lsa, olis manzilga oshiqishga hojat qolmaydi.

Bir necha yilki, o‘g‘il-qizlarning dam olishlari uchun maktablarda tashkil etilgan yozgi “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”ning faoliyati yaxshigina yo‘lga qo‘yilgan. Va o‘quvchi-yoshlar e’tiborini tortmay qolmayapti.
Denov tumanida ham yoz mavsumida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida barcha maktablarda ana shunday sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan.

Ko‘ngilli yoshlar bilan gavjum maktablarda soprt mashg‘ulotlari, yoshlarning qiziqish va layoqatlariga qarab to‘garaklar tashkil etilgan. Turli o‘yinlar va musobaqalar tarzida o‘tayotgan mashg‘ulotlar yoshlar vaqtini mazmunli o‘tkazibgina qolmay foydali ekani bilan ahamiyatli.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun