Bolalar ushun…

Date:

Shaharda yashash yaxshi, barcha shart-sharoitlar muhayyo. Og‘iringiz yengil, mushkulingiz oson. Manzilingizga ham zumda yetib olib, ishlaringiz hal bo‘lib ketaveradi. Ammo, chekka-chekka hududlarda o‘g‘il-qizlarning maktabga yoki bog‘chaga borishi uchun ancha vaqt kerak. Ular bir necha kilometr masofani piyoda bosishlariga to‘g‘ri keladi. Qishda loy va yozda chang ko‘chalar, ayniqsa, sovuq va quyosh tig‘ida ketishning o‘zi bo‘lmasligini tasavvur qilayotgan bo‘lsangiz kerak.

Sariosiyo tumanining olis qishloqlarida ham holat xuddi shunday. DXX rahbariyati bolajonlar ko‘nglini shod etish maqsadida yoshlarning maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olishlari, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda turli to‘garaklarga qatnashishlariga ko‘maklashish maqsadida barcha qulayliklarga ega mashina foydalanishga topshirdi.

Ajoyib va o‘ziga xos dizaynda bezatilgan mashina bolalarning uzog‘ini yaqin qilib, vaqtini tejaydigan bo‘ldi. Qolaversa, yosh avlodning bilim olib, kelajakda komil inson bo‘lib, voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yaxshi sarmoya ta’limga yo‘naltirilgan ekan, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun