Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul

Date:

Qarisi bor uyning parisi bor deyishadi. Momo-bobolarining nasihatlari bilan ulg‘aygan yoshning fikrlashi, dunyoqarashidan sezish mumkinki, ular mushohadali, fikrlari teran va tabiatan og‘ir-bosiq bo‘ladi. Hayotga qarashlarida ham kattalarga xoslikni sezish mumkin. Ulardan yomonlik kutmaysiz, illatlar sezmaysiz. Shuning uchun ham sharqona qarashlar va tarbiyada yoshi ulug‘larning pur-hikmat so‘zlari, dono o‘gitlaridan foydalaniladi. Mahallalarda ham oqsoqol otaxonlar, kayvoni onaxonlarning bosh qilinishi, ularning nasihatlariga tayanilishida ayni shu hikmat mujassam.

Mahallasida yoshi ulug‘lari yoshlarni yaxshilikka, ezgu ishlarga boshlab tursa, vaqtini mazmunli o‘tkazishda, kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashib tursa, maslahat va duo bilan boshlangan bunday rejalar, albatta, amalga oshmay qolarmidi.

Ulug‘larimiz bosh bo‘lsa, o‘rtadagi oqibat ko‘tarilmaydi. Milliy qadriyat va an’analarimiz boqiy yashaydi, sayqallanadi. Vatanparvarlik, insoniylik kuchayadi. Ana shunday an’analarni davom ettirish maqsadida Oltinsoy tumanida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining mahalliy bosiqichi bo‘lib o‘tdi.
Mahallalardan ishtirok etgan otaxonlar o‘zlarining boy tajribalari, dono fikrlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Har bir shartga o‘ziga xos yondashib, yoshlarning ishonchi va olqishlariga sazovor bo‘ldi.
“Qoratepa” mahallasidan ishtirok etgan Ibrohim bobo Obilov birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va 3 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Har bir ishtirokchining chiqishlari esda qolarli va mukofotga loyiq edi. shunga ko‘ra ular-da munosib rag‘bat topdilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun