Kofirnihondan 300 gektarga…

Date:

Yerni boqsang, yer seni boqadi, deyishadi. Haqiqatan ham biroz e’tibor va tiriklik manbai — suv bo‘lsa, cho‘pni suqsak-da, ko‘karib bir bog‘ yaraladi. Oltin vohaning bepoyon maydonlaridan unumli foydalanish, hali o‘zlashtirilmagan yer maydonlarini o‘zlashtirib, yashil makonga aylantirish ishlari uyushqoqlik bilan davom etayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4995 sonli qaroriga asosan Bobotog‘ hududidagi “Yangiobod” mahallasidan Kofirnihon daryosiga nasos stansiyasi o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Diametri Д-630 mm bo‘lgan 2,5 kilometr quvur tortish ishlari olib borilmoqda. Loyiha qiymati 8 milliard so‘mni tashkil etib, Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan.
Aytish kerakki, ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida 300 ga yer maydonining suv ta’minoti yaxshilanadi va yangi yerlar o‘zlashtiriladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun