Xalq ta’limi: Korrupsiya “o‘chog‘i”ga aylanmoqda…mi?!

Date:

Viloyat hokimligi kichik majlislar zalida viloyat korrupsiyaga qarshi kurashishi hududiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi, viloyat hokimi T. Bobolov boshqardi va olib bordi.

Respublika korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori o‘rinbosari Tal’atjon Haydarov, respublika Davlat soliq qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhiddin Botirovlar o‘z ma’ruzalarida yurtimizda, xususan, Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rilayotganligiga qaramay, poraxo‘rlik, mansab suiiste’moli, byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash hamda talon-toroj qilish holatlari kamaymayotganligini aniq dalillar asosida aytib o‘tishdi.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududiy kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlarning o‘rganishlari jarayonlarida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va uning quyi tizimlarida korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishi sabablari va bunga imkon berilayotgan sharoitlar xususidagi masala atroflicha muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan yili tizim vakillari tomonidan 27 ta holatda pora olish, pora uzatish, mansab suiiste’moli, davlat byudjeti mablag‘larini talon-toroj qilish jinoyatlariga yo‘l qo‘yilgan. Aybdorlar qilmishiga yarasha jazolanyapti. Shunga qaramay hamon xalq ta’limi tizimida korrupsion holatlar davom etayotgani g‘oyat tashvishlanarli. Ishga qabul qilish, vazifaga tayinlashda tamagirlik holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Joriy yilning o‘tgan besh oyi orasida sohadagi vazifadorlar tomonidan 32 ta qonun buzilishlari sodir etilib, tizim tashkilotlarining bir nechtasida davlat bdyujetidan ajratilgan 6 milliard 11 million so‘m maqsadsiz sarflangani aniqlangan. Ayniqsa, maktablarda har xil tamagirliklar urchib borayotgani bilan sira murosa qilib bo‘lmaydi. Zimmasiga yurtning kelajagi va ko‘p sonli mehnatkashlarning aziz farzandlari ta’lim-tarbiyasi yuklangan soha xodimlari tomonidan qilinayotgan korrupsion holatlarga keskin choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va aksilkorrupsiya siyosatiga oid islohotlarni hayotga keng tadbiq etish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.

Usmonali Normatov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun