Sho‘rchida savob ishlar bardavom…

Date:

Hur Vatanga to‘ylar, shodiyonalar yarashadi. Bolajonlarning shodon kulgusi-yu, hayqiriqlari yarashadi. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni vohamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bayram tadbirlari, aksiyalar, sovg‘a-salomlar-u kutilmagan tashriflar bolajonlar ko‘nglini tog‘day ko‘targani shubhasiz. Sho‘rchi tumanida esa bu kun ezgu tashabbus va uning ijrosi bilan kutib olindi. Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 37 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Erta tongdan tumandagi “Bog‘ishamol” to‘yxonasi to‘ybolalar uchun munosib yasatildi va mehmonlarni o‘z bag‘riga chorladi.
Homiy tashkilotlar va sahovatpesha tadbirkorlarning xizmati va himmati ila boshlangan to‘y shod-u hurramlikda o‘tkazildi. Ayniqsa, tuman hokimi Baxtiyor Xudeyberganovning tashrifi, bolajonlarga eng ezgu tilaklar bildirib, qimmatbaho sovg‘alar ulashgani kutilmagan hol bo‘ldi.
To‘ybolalar va ularning yaqinlari uchun bu muhim kun. Quvonchli voqea bo‘ldi. Shodon kuy-qo‘shiqlar, dilrabo navolar to‘yni to‘ydek o‘tishiga xizmat qildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun