“Oqila ayollar” forumi bo‘lib o‘tdi

Date:

Oilalarning tinchligini mustahkamlash hamda turmush tarzini yaxshilash, oilasiga sadoqatli bo‘lishini uqtirish maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Oqila ayollar” forumi tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Rasulova, viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi B.Shukurova, deputatlar, harakat a’zolari, faol xotin-qizlar hamda kayvoni onaxonlar ishtirok etdi.

Forum doirasida oila mustahkamligini ta’minlash, ma’naviy tarbiyani kuchaytirish, ajrimlarning oldini olish, yoshlarni ongli turmushga tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Oqila ayollar” harakati a’zolari mahallalarda amalga oshirayotgan ibratli ishlar, hayotiy tajribalar va samarali faoliyat yuzasidan tajriba almashishdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun