ELDOR SHOMURODOV BILAN UCHRASHUV!

Date:

    Surxondaryo viloyati sport boshqarmasida futbol bo‘yicha  O‘zbekiston terma jamoasi sardori va Roma klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan uchrashuv tashkil etildi. Konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda viloyatimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbol trenerlarining malakasini oshirish  hamda joylardagi seleksiya ishlari orqali yosh mahoratli fulbolchilarga yangi ufqlar sari tizimli imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yish kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan galdagi vazifalar belgilab olindi. Ha, mana shunday uchrashuvlar yoshlarni sportga, ayniqsa, futbolga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, yangidan yangi iqtidorli sportchilarni kashf etishga zamin hozirlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun