Haydovchilik guvohnomasi o‘zimizda beriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmagani sababli haydovchilik guvohnomasi olish istagidagi fuqarolar Qashqadaryo viloyatiga borib imtihon topshirishga majbur bo‘layotgani jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘layotgan edi.

Muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahrida yangi “avtodrom” — haydovchilarni tayyorlash va imtihondan o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘quv-mashq maydoni tashkil etish ishlari boshlangan. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu obyektda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va mas’ullarning axborotini tingladi.

Ushbu maydonni belgilangan talablar asosida jihozlash, ishga tushirish va haydovchilik guvohnomasini viloyatning o‘zida berish tizimini joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun