Sifatli va arzon

Date:

Roʻzayi ramazon oyi boshlanib, odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishga, ehson ulashishga harakat qilishayotganini koʻrib, kuzatib, kishining koʻngli koʻtariladi. Ana shunday xayr-u saxovat tadbirlariga katta eʼtibor qaratilayotgani, bozorlarimizda narx-navoning arzonlashtirilayotgani roʻzadorlarimiz uchun ancha qulaylik yaratadi. Viloyatimizning barcha markaziy bozorlarida maxsus savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Ularning uzluksiz ishlashi taʼminlangan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. U yerda mahsulotlar sifati va narxlari o‘rganilib, ayniqsa, go‘sht mahsulotlari hajmini oshirish hamda narxlarni pasaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli zaxirasini yaratish, kunlik talabga muvofiq savdoga chiqarish hamda yarmarkalarning Ramazon oyi davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.

Bundan tashqari, bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, savdo joylarining tozaligi hamda sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun