Kasb sirlari ochildi

Date:

Bolaligida uchuvchi, o‘t o‘chiruvchi yoki harbiy bo‘lishni istamagan bola bo‘lmasa kerak. O‘g‘lim ham o‘t o‘chiruvchi bo‘lishni, odamlarni yong‘indan qutqarib olishni istaydi. Qalbida ezgulik ila qilgan orzulari zora maqsadga aylanib, kelgusida ayni soha xodimi bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat, favqulodda vaziyatlarda ish ko‘rish, kerakli yordamni ko‘rsatish aslida qahramonlik. Ana shunday qahramonlar bilan hamqadam, hamnafas yashayotganimiz ham kishida bir olam faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
4-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Termiz tumani politexnikumi o‘quvchilariga FVVning tashkil topishi, bugungi kundagi faoliyati, qutqaruvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, qutqaruv ishlari turlari, tabiiy ofatlar va texnogen falokatlardan insonlarni qutqarish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatishning oʻziga xosliklari haqida tushunchalar berildi.
Tadbirning amaliy qismida Termiz shahar FV boʻlimi boshligʻi tomonidan yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, yongʻinni oʻchirish texnikasidan foydalanish qoidalari boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir qizgʻin va mazmunli tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun