“Navro‘z”da mahalla guzari va savdo shoxobchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Date:

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida orqali doimiy topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olingan.

Shu asosda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida boʻlib, o‘tgan haftadagi tashrif davomida berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.Tuman markazidagi dehqon bozori atrofidagi yo‘lni asfaltlash, bozorning “Oriyat” mahallasda joylashgan “R-5” filialini rekonstruksiya qilish va uni doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bozorga aylantirish ishlari o‘rganildi. Shuningdek, “Muzrabot zang bozori” chorva mollari bozorini zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi taqdimot qilindi.

Yo‘llarni ta’mirlash va bozorlarni rekonstruksiya qilish ishlarini tezlashtirish, bir kunlik bozorlarda sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish, ularni doimiy ishlaydigan savdo komplekslariga aylantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, “Do‘stlik” mahallasida 500 metrli kollektorni zamonaviy drenaj usulida yopish va 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu ko‘chada 35 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi tashkil etilib, 70 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirda kollektorni quvurlar yordamida yopish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif yakunida viloyat rahbari “Navro‘z” mahallasida quriladigan mahalla guzari va savdo shoxobchasi uchun tamal toshini qo‘ydi. Shuningdek, mutasaddilarga tumandagi barcha loyihalarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash, yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun