Aholi bandligi taʼminlanadi

Date:

Odamlar turmush sharoitini yaxshilash, bandligini taʼminlash muhim masala. Ayni maqsadda Boysun tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiluvchi bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi chog‘ida “Mkqs-biznes” MCHJ tomonidan M-39 xalqaro avtomagistrali yoqasida qiymati 6 milliard so‘m bo‘lgan xizmat ko‘rsatish majmuasi qurilishi, oziq-ovqat va chorva bozorlarini rekonstruksiya qilish hamda doimiy faoliyat yurituvchi savdo komplekslariga aylantirish ishlari bilan tanishdi. Shu bilan birga asalarichilik, kartoshkachilik kooperatsiyalari, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, bedanachilik va boshqa qator loyihalar taqdim etildi.

Tuman tibbiyotiga ham eʼtibor qaratilib, “New med klinika” MCHJ tomonidan tashkil etilgan davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlari ko‘rsatuvchi tibbiyot markazi faoliyati o‘rganildi. Yakunda tuman hokimligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar muhokama qilinib, mutasaddilar hisoboti tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun