Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlantirilsa…

Date:

Boshqa hududlarda boʻlgani kabi viloyatimizda ham tun-u kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chalari tashkil etilmoqda. Oʻz navbatida, bunday koʻchalar tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini ham beradi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida barpo etilayotgan ana shunday “Yoshlar va turizm” ko‘chasining keyingi bosqichi doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, “Tinchlik” mahallasi hududida joylashgan 1,2 kilometrlik kollektorni zamonaviy drenaj usulida yopish va hosil bo‘lgan maydonda savdo hamda servis obyektlarini barpo etish loyihasi o‘rganildi. Loyihani jadallashtirish, sizot suvlarining tuproq meliorativ holatiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’minlash va qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun