Vaxshivor turizm qishlogʻiga aylanadi

Date:

Turizm rivojlanib borayotgan soha. Ayniqsa, viloyatimizning diqqatga sazovor hududlari, shahar va qishloqlari borki, u yerlardan yil davomida mehmonlarning qadami uzilmaydi. Prezidentimizning madaniyat, madaniy meros va turizm sohalarini rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda topshiriqlari asosida vohamizda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda, yangi turizm markazlari qurilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘nalishdagi ishlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumanida boʻlib, birinchi navbatda, namunali madaniyat markaziga aylantirish maqsadida yangidan ta’mirlangan “Oqar buloq” madaniyat markazi sharoitlarini o‘rganib, soha xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, markaz zalida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda yo‘lbo‘yi hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, hokim tuman markazida Eko bozor qurilishi, “Vaxshivor” madaniyat markazini ta’mirlash, So‘fi Olloyor va Xo‘ja Mavlonoi Zohid ziyoratgohlarida tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish ishlari bilan tanishdi. Qurilish-ta’mirlash jarayonlarini jadallashtirish va ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mutasaddilarga Vaxshivor qishlog‘ida turizm loyihalarini amalga oshirish, mehmon uylari barpo etish va sayyohlarni jalb qiladigan tashabbuslarni yo‘lga qo‘yib, qishloqni turizm qishlog‘iga aylantirish vazifasi topshirildi.

Yakunda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan 39-sonli maktabning 3 qavatli qo‘shimcha o‘quv binosi sharoitlari bilan ham tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun