O‘rganishlar olib borildi

Date:

Boysun tuman 1-son politexnikumida YUNESKOning “Qishloqlarda ishga joylashish ko‘nikmasini oshirish” loyihasi doirasida kasb-hunar ta’limi sifatini baholash va yuksaltirish bo‘yicha o‘zaro bir-birini baholashga qaratilgan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganish davomida YUNESKO tashkiloti vakillari Tomas Lyuks, Kamol Jiyanxodjayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional ta’limni rivojlantirish instituti yetakchi mutaxassisi Maqsuda Amanova va bir guruh aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Bunda politexnikumda ta’lim sifatini oshirish, sifatli kadrlar tayyorlash, ish beruvchilar va o‘quvchilar bilan ta’lim muassasasining imkoniyatlari va ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil o‘rganishlar olib borildi. Shuningdek, mas’ullar hamkor korxonalarda bo‘lib, korxona rahbarlari va ustozlari bilan suhbatlashdilar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun