Faoliyati ibrat

Date:

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining fidoyi xodimi Gulshoda Hamrayeva 2000-yildan buyon ushbu sohada samarali mehnat qilib kelmoqda. Yillar davomida turli lavozimlarda tajriba orttirgan va ekologik muhofaza yo‘nalishida yuksak natijalarga erishgan mutaxassis bugungi kunda Termiz shahar Ekologiya bo‘limida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish yo‘lida ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda Gulshoda Hamrayevaning faoliyatidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi. Uning kasbiga bo‘lgan sadoqati, mehnatsevarligi, har bir ishga mas’uliyat bilan yondashuvi ekologik muhofaza sohasida namunali ish uslubi sifatida ta’kidlandi.
Gulshoda Hamrayeva o‘z kasbiga nafaqat mas’uliyat, balki qalb mehrini ham bag‘ishlab, tabiatni asrash yo‘lida fidokorlik bilan mehnat qilmoqda. Uning mehnati nafaqat hamkasblari, balki ekologiya sohasi rivojiga befarq bo‘lmagan barcha insonlar uchun ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun