Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Date:

Yoshlarni biznesga jalb etish, ularni zarur sharoit va binolar bilan ta’minlash maqsadida Prezidentimizning qaror va topshiriqlari ijrosi doirasida hududlarda “Yoshlar mehnat guzari”larni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tashabbus davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Pattakesar” mahallasidan tashabbuskor Jasurbek Yagmurov tomonidan barpo etilayotgan “Yoshlar mehnat guzari” loyihasi bilan tanishdi. Ushbu guzar 24 nafar yoshni ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u 14 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga oladi. Xususan, IT markaz, xorijiy tillarni o‘qitish kurslari, ministadion kabi obyektlar faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari loyiha qurilishini davom ettirish uchun zarur kredit mablag‘larini tez fursatda ajratish va tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, 22-sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotida “G‘amxo‘rlik guruhi” faoliyati hamda Ijtimoiy himoya boshqarmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga qamrab olish maqsadida ishlab chiqilgan “Oilaviy g‘amxo‘rlik guruh”lari loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyihani takomillashtirish, uning samaradorligini o‘rganish va erishiladigan natijalarni tahlil qilib, ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun