Ilova yordam beradi

Date:

Chekish zarar. Buni bila turib o‘z umrini yemirayotganlarga achinasan kishi. To‘g‘ri, ko‘pchilik chekishni tashlashga urinib ko‘rishadi. Ana shunday paytda electron tamakilardan najot topishadi. Olimlar electron tamakilarning-da zararini isbotlab turgan bir paytda, chekishga o‘rganib qolganlar qanday yo‘l tutishsin?

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotchilari aqlli soatlar uchun yangi ilova ishlab chiqdi. U chekishga oid xatti-harakatlarni tanib olish va foydalanuvchiga o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar yuborish qobiliyatiga ega. Foydali dastur odamlarning o‘z odatlariga ongli yondashuvini ta’minlashga yordam berib, ularning chekishni tashlash imkoniyatini oshiradi.Ilova aqlli soatning ichki harakat sensorlaridan foydalanib, chekish paytidagi qo‘lning o‘ziga xos harakatlarini aniqlaydi. Soat bunday harakatlarni qayd etganda, ilova foydalanuvchiga sigaretadan voz kechishga undovchi xabarlar yuboradi.

Sinov tadqiqotida 18 nafar ishtirokchi ikki hafta davomida ilovadan foydalandi. Aqlli soatlar ishtirokchilarga o‘z odatlarini anglab yetishga, ular haqida chuqurroq o‘ylashga va chekishni tashlashga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishga yordam berdi.

Dastur ishtirokchilarining uchdan ikki qismi ushbu ilovani foydali va qulay deb baholadi. Ilovani smartfonga ulash shart emas, aqlli soatning o‘zida to‘liq ishlaydi.

Tadqiqot guruhi bunday yondashuvning samaradorligini tasdiqlash maqsadida keng qamrovli uzoq muddatli izlanishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbus chekishning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun