Raqamli ta’lim platformalaridan foydalaniladi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 29-maydagi “Xalqaro tajriba asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbiy rivojlantirish hamda o‘quvchilarning aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirish to‘g‘risida”gi 177-son buyrug‘iga muvofiq Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) orqali o‘quvchi va o‘qituvchilarning xalqaro tadqiqotlar jarayoniga samarali tayyorgarlik ko‘rish vazifalari belgilangan.

Shu maqsadda, Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi. Unda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga raqamli ta’lim platformasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun