Bola oilasiga qaytarildi

Date:

Nogironli bor insonlar yurtimizda sog‘lomlar bilan bir xil huquq va imkoniyatga ega. Ularni sog‘lomlashtirish, xat-savod chiqarishiga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. Kimdir nuqsoni bor farzandini uyidan chiqarmaslikka urinsa, yana kimlardir bu to‘g‘ri qaror emasligini bilgan holda ularga shart-sharoit yaratishga harakat qilishadi.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat” internat uyida ham bolalar munosib ta’lim-tarbiya olish bilan birga tibbiy va psixologik yordamlar ham ko‘rsatiladi. Qanchadan-qancha bolalar sog‘lomlashtirilib, ota-onasi bag‘riga qaytarilishi bor gap. Bu safar ham internat uyida tarbiyalanayotgan Durdona Yo‘ldoshova o‘z oilasiga qaytarildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushub qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi, ijtimoiy xodim hamda “Muruvvat” internat uyida mutaxassislarining birgalikda olib borgan sa’y-harakatlari natijasida va “Keys-menejment” amaliyotini qo‘llagan holda oila bilan individual yondashuv orqali ish olib borildi.
Ushbu oilani qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash bo‘yicha “Keys-menejment” amaliyoti asosida ishlar davom ettiriladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilib, 6 oy mobaynida doimiy monitoring olib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun