Polvon qizlar maydonda…

Date:

Qaysidir sport turini yaxshi bilsangiz, raqiblar jangini miriqib tomosha qilasiz. O‘zingizcha qaysidir sportchiga ishqibozlik qilib, uni qo‘llab-quvvatlagan, qandaydir usuldan foydalanishga undagan bo‘lasiz. Kurash sport turini bilish uchun esa qandaydir ko‘nikma shart emas. Barcha kurashni yaxshi biladi, hech bir qiyinchiliksiz kurash jarayonini kuzatib, kimda ustunlik, kimning kuchsizlik yaqqol ko‘zga tashlanayotganini payqab oladi.
Xuddi shundayin polvonlarimiz ham kurash tushishga hech qiynalishmaydi. Ular bolalikdan kurashda toblangan, olishib ulg‘aygan bo‘ladi. Yuragidagi o‘t bilan maydonga tushadi. Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan Erkin va ayollar kurashi bo‘yicha U15 yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida sport maktablarining sportchi o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati musobaqasi ham polvon qizlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Asosiysi, puxta tayyorgarlik, trenerlarning mehnati yaqqol seziladigan kurashda polvon qizlar bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Surxondaryolik polvonlar ham bo‘sh kelishmadi. Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining sportchilari bo‘lmish Marjon Maxmadiyeva 33 kilogramm vaznda 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Marjona Orolova 66 kilogramm vaznda barcha tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun