Boysun yanada ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda

Date:

Boysun Surxondaryo viloyatining yashillikka burkangan, xushmanzara tumanlaridan biri. Tabiat go‘zal archazorlar barpo etgan baland tog‘lar qo‘ynidagi bog‘larda turli mevali daraxtlar parvarishlanadi. Aholi tomorqalari va ko‘chalar yoqalarida bo‘y ko‘rsatib turgan mevali, manzaralari daraxtlar, turfa gullar maftunkor tog‘li tumanga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi.
Mamlakatimizda umummilliy harakatga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanining “Chilonzor” mahallasidagi “Boysun” davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli ko‘chatxonaning bo‘sh maydonlarida “yashil” belbog‘ barpo etilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar bilan tuman yanada ko‘rkam, yanada fayzli hududga aylantirmoqda.
Shuningdek, bo‘sh turgan maydonlar va qir-adirlarda o‘zlashtirilayotgan yerlarga ham mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘-rog‘lar barpo etilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun